O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamkorligida mini-futbol sport turidan talabalar o‘rtasida chempionat o‘tkazilmoqda.

      Ushbu turnir “Yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida, ko‘tarinki ruhda, intrigaga boy bo‘lib o‘tmoqda.

      Samarqand davlat universiteti ushbu musobaqada munosib ishtirok etib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

      Universitetimiz talabalariga omad va zafarlar tilaymiz!

Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati. 
Shavkat Akramov olgan suratlar.