Menda uyqu me’yori buzilgan, kechqurunlari tez tez uyg‘onib ketaman va uxlashga qiynalaman. Uyqu holatini me’yorga tushirish uchun nima qilishim kerak?

anonim

Javob:

        Uyquning tez tez buzilishi ham fiziologik ham psixologik faktorlarga bog‘liqdir. Psixologlarning ta’kidlashicha normal uyqu 7-8 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.  Sizdagi uyqu buzilishiga sabab, ruhiy yoki fiziologik zo‘riqishingizdan ham bo‘lishi mumkin.  Kunlik og‘ir emotsional zo‘riqishni boshdan kechirish, hayotidagi turli katta kichik muammolar, ularning yillar davomida hal qilinmasligi,  kun davomida bir necha bor uxlab olish, yoki noqulay yotoq sharoiti sabab bo‘lishi mumkin.  Birinchi navbatda agar sizda psixologik planda muammolar bo‘lsa,  ularni hal qilishga urining.  Kun davomidagi yarim soatlik mudrab olish ham insonga yetarlicha uyqu garmoni yani melotaninni ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi.  Buning natijasida siz kunduzgi uyqular jarayonida o‘zingizga yetarlicha energiya ololasiz va kechqurungi uyquga hojat kam qoladi.  Keyingisi siz uxlayotgan xona tinch va kislorod bilan to‘yingan bo‘lishi kerak.  Ya’ni uxlashdan oldin xonani toza havo bilan to‘ldiring,  ortiqcha shovqin yoki telefon televizor ham uyquning buzilishiga olib keladi.  Har kuni uyquga ketishdan bir soat avval yarim soatlik kechgi sayr qiling.  Bu sizda charchoq hissi va miyaning kislorod bilan to‘yinishiga olib keladi. Natijada uyqungiz ravon bo‘ladi.  Yana bir eng asosiy maslahat hech qachon qo‘l telefoningizni o‘zingizga yaqin joyda olib yotmang, sizdan kamida 1 metr uzoqlida  bo‘lsin.  Agar shularga amal qilgan taqdiringizda ham uyqu buzilishi kuzatilsa, psixolog suhbatiga yoziling.

Dildora Sulaymonova

Samarqand davlat universiteti

Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi