Hamkorlikning yangi bosqichi

2018-yil 10-oktabr kuni Samarqand davlat universiteti Tarix fakultetining professor-o’qituvchilari, magistrantlari va iqtidorli talabalarining Lal Baxodur Shastri nomidagi hindlar madaniyati markazining direktori, professor Chander Shekhar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvni universitet xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor M.G.Nosirov boshlab bеrdi va o’zbek-hind ilmiy hamkorligining istiqbollari, xususan, fakultetning yosh o’qituvchilari va magistrantlarining ilmiy izlanishlariga ko’maklashish, o’zaro ilmiy aloqalarni yanada kuchaytirish to’g’risida mulohazalar olib borildi. Ishtirokchilarni qiziqtiradigan savollarga hind olimi batafsil javob berdi va markaz direktori sifatida o’zaro aloqalarni kengaytirishga bevosita ko’maklashishga tayyor ekanligini bildirdi. Manbashunos olim tomonidan “O’rta asrlarda qo’lyozma manbalarning tayyorlanishi tarixi” mavzusida ma’ruza taqdimoti namoyish etildi. Tashrif yakunida Hindiston madaniy markazi va Samarqand davlat universiteti o’rtasidagi istiqbolli rejalar ta’kidlab o’tildi.
Xalqaro aloqalar bo’limi