Halqaro hamkorlik rishtalarini o‘rnatish yo‘lida

Samarqand davlat universiteti Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari fakultet dekani Shavkat Mahmatmurodov boshchiligida 6-12 dekabr kunlari Hindiston davlatiga tashrif buyurib ushbu davlatning ikki nufuzli oliygohlari -Dehli Universiteti va Djavaharlal Neru Universitetlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolab qaytishdi. Ushbu shartnomalar asosida universitetlar tomonidan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar o‘zaro tajriba almashish; qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalari, ilmiy ma’ruzalar, simpoziumlar tashkil etish; manfaatli bo‘lgan sohalarda axborot va materiallar almashish to‘g‘risida kelishildi.
Dehli universiteti davlatning yetakchi va obro‘li oliy ta’lim muassasalaridan bo‘lib, dunyoning yirik universitetlaridan biri hisoblanadi. Universitetning shimoliy va janubiy kampuslarida 16 fakultet, 86 kafedra, universitetga qarashli 77 kollej va 5 filial institutlari faoliyat yuritadi. Oliy o‘quv yurtida 132000 yaqin talabalar kunduzgi va 261000 sirtqi bo‘limlarda ta’lim olishadi.
Djavaharlal Neru nomidagi davlat tadqiqot universitetiga qarashli 10 ilmiy maktab mavjud bo‘lib, 5500 talabalar ta’lim olib, 550 professor o‘qituvchilar ilmiy foliyat yuritadi.
Safar natijasida kelgusida samarali hamkorlik va halqlararo do‘stona munosabatlarning yanada mustahkamlanishi uchun poydevor o‘rnatildi deb umid qilamiz.