Samarqand davlat universitetida mahallalardagi hokim yordamchilarini tayyorlash bo‘yicha seminar boshlandi…
Samarqand davlat universitetida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari tayyorlash uchun o‘quv seminarga start berildi.
Seminar tashkil etilishidan asosiy maqsad hokim yordamchilari va “Mahallabay” ishlash markazlari xodimlari uchun tuman (shahar)lar kesimida seminar va amaliy mashg‘ulotlarni olib boruvchi respublika va hududiy mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
Seminarga ma’sul sifatida Samarqand viloyat hokimligi, SamDU, Adliya boshqarmasi, “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot instituti, Soliq qo‘mitasi, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi, Savdo sanoat palatasi va boshqa tashkilot mutassadilari tayinlangan.
- O‘zbekiston tarixida mahallalarda hokim yordamchilarini tayyorlash ilk marotaba amalga oshirilmoqda, - deydi Biznes tadbirkorlik oliy maktab Samarqand filiali rahbari Qobil Marupov. - O‘quv seminarlar uch guruhga bo‘linib, 196 nafar tinglovchini tashkil etadi. Bu jarayon besh kun davom etib, oxirgi kunda egallagan bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi. Shundan keyin guruhlarga bo‘linib, mahallardagi 1112 nafar hokim yordamchilarini tayyorlashda amaliy yordam beradi.







Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar

