Joriy yilning aprel oyida Samarqand davlat universiteti va Shensi pedagogik universiteti hamkorlikda uchta “Ipak yo‘li” uyushmasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzoladi.
  Dekabr oyining boshida Shensi Pedagogika universitetining bosh kotibi professor Chen Guansyuy boshchiligidagi delegatsiya (Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Syuy Fen, Rus tili kafedrasi mudiri Men Sya, Rossiya o‘qituvchilar malakasini oshirish markazining direktor muovini Natalya Yurevna Sareva) hamkorlikni mustahkamlash uchun bizning universitetimizga tashrif buyurdi.
  Tashrif davomida mehmonlar SamDUning fakultet va kafedralariga tashrif buyurib, SamDU Ilmiy kengashi yig‘ilishida ma’ruza qildilar va barcha ishtirokchilarni o‘quv mashg‘ulotlari va ilmiy-texnikaviy hamkorlik imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Shensi pedagogik universiteti haqida quyidagi saytdan ma’lumot olishingiz mumkin:

http://www.leaderst.net/webcontent/default_en.asp?ID=116&pageID=76

Xalqaro hamkorlik bo‘limi