Olovni tilsiz yov deb ataymiz. Sababi, ayrim emaklab yuruvchilar sinfiga mansub jonivorlar o‘ljasini tili bilan yamlaydi. Olov garchi bunday vositaga ega bo‘lmasa ham tevarak atrofga katta talofat yetkazadi. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz o‘t balosidan asra, deb duo qilishadi.

  Olovdan ozorlanmaslikning bitta sharti – ogohlik: yong‘inga sabab bo‘lguvchi omillarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida buning kabi noxush holatlarning sodir bo‘lish ehtmoli kuchayadi. Viloyat aholisi orasida is gazidan zaharlanish va maishiy gazning chaqnashi bilan bog‘liq favqulotda vaziyatlarning sodir bo‘layotgani shunday deyishimizga asos beradi.

  Samarqand davlat universitetida, o‘quv dargohi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi, favqulotda vaziyatlar viloyat boshqarmasi hamda yong‘in xavfsizligi shahar bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan yig‘ilishda ana shu masalalar muhokoma qilindi. Universitet talabalariga yotoqxonada yoki boshqa turar joylarda gazdan foydalanish tartib-qoidalariga qat’iy amal qilish lozimligi, aks holda mudhish holatlar sodir bo‘lishi mumkinligi jonli misollar bilan uqdirildi.

Axborot xizmati