Samarqand davlat universiteti ilmiy axborot resurs markazida 3 millionga yaqin kitoblar mavjud. Ilmiy kitoblar 1 million; badiiy adabiyotlar 175 mingga yaqin; o‘quv qo‘llanmalar 625 ming; darslik 436 ming; qo‘lyozma, toshbosma 12 ming; chet tilidagi 10 mingni tashkil etadi.

      Hozirgi kunda kutubxonada 5 o'quv zali faoliyat ko’rsatmoqda. Kuniga kitobxonlar tomonidan ikki minggacha murojaat kelib tushmoqda. Shuningdek, 70 mingga yaqin o'quv adabiyotlar elektronlashtirilgan.

      Samarqand davlat universitetida axborot-kutubxona faoliyatini kuchaytirish, axborot-resurs markazining o‘quv-uslubiy, texnik adabiyotlar, adabiy-badiiy, ma’rifiy va ilmiy-ommabop kitoblar bilan boyitish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

      - Darsdan bo'sh vaqtlarimni kutubxonada o'tkazaman. Deyarli har kuni kelaman, - deydi Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi Shohida Maxamatqulova. – Mening kelаjagim universitet, jumladan kutubxona bilan bog'liq. Har safar kutubxonaga kirganimda bu yerdagi fayz o'zgacha ekanligini his qilaman. O'zim uchun kerakli bo'lgan adabiyotlarning deyarli hammasi bor. Kutubxonachi xodimlarning ham kitobxonlarga bo'lgan munosabati juda yaxshi. Men bundan mamnunman.

Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.