“18-oktabr — Samarqand shahri kuni” munosabati bilan Samarqand davlat universitetida bayram konserti bo‘lib o‘tdi. Bu konsertda nafaqat SamDU talabalari, balki Samarqanddagi boshqa oliy ta’lim muassasalari vakillari ham ishtirok etdi. Bayram hammaga ko‘tarinki ruh baxsh etmoqda.

      - Talabalik — oltin davrim, bu yerdagi har bir kunimiz tarix. Samarqand shahri kuni menda har doim esda qolarli bo‘lib kelgan, - deydi kimyo fakulteti talabasi Lobar Sayitmurodova. - Har yili bu kunni milliy bayram kabi nishonlash urf-odat bo‘lib qolgan. Aynan shu kunda hammaning kayfiyati o‘zgacha. Samarqandga bo‘lgan  hurmatim cheksiz. Ushbu bayramni o‘zimning oilamdek bo‘lib qolgan, kursdoshlarim va universitetim bilan nishonlash men uchun baxt.  Men bundan judayam xursandman.

      - Kasbim sabab juda ko‘p tadbirlarda bo‘laman. Hammaga xush kayfiyat ulashishga harakat qilaman, - deydi sport faoliyati va san’at fakulteti talabasi Orzibek Ne’matov. - Bugun ham “18-oktabr — Samarqand shahri kuni” munosabati bilan Samarqand davlat universitetida bayram konserti uyushtiryabmiz. Bu yerdagi talabalarning kayfiyatini ko‘rib odamning dili yayraydi. Shu paytda ijodkor ekanligimdan yana bir karra faxr-iftixor tuyaman. Qo‘shiq aytib, o‘zim ham quvonaman. Bayram barchaga muborak bo‘lsin!!!

Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar