Samarqand davlat universitetida talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “Yoshlar – sog‘lom hayot tarafdori” mavzuida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  Tadbirda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari B.Ochilov, Samarqand viloyat Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi raisi M.Tojiboyev, Samarqand viloyati IIB boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili Sh.Nabiyev, Samarqand davlat universiteti professori F.Nabiyevlar so‘zga chiqib, yurtimizda har tomonlama sog‘lom va barkamol, bilimli o‘g‘il-qizlarni kamol toptirish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

  Tadbirda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim muassasalari, mahallalar qoshida fan va sport, hunar to‘garaklari faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish, yoshlarning qiziqish va intilishlaridan kelib chiqib, bunday to‘garaklar sifatini oshirishga doir fikr-mulohazalar bildirildi.

Мавлон Бобохонов