2026-yil 12–13-noyabr kunlari Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida “Trends in Computational and Cognitive Engineering” (TCCE 2026)  mavzusidagi VIII xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Universitet tashabbusi bilan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy markazlar hamkorligida tashkil etilayotgan anjuman an’anaviy va onlayn shaklda o‘tkaziladi. Konferensiyada sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili, kognitiv fanlar, kvant tizimlari, matematik modellashtirish, signallarga ishlov berish va kiberxavfsizlik masalalari muhokama qilinadi.

Anjuman ilmiy tajriba almashish, fanlararo hamkorlikni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarning amaliy yechimlarini taqdim etishga xizmat qiladi. Konferensiya materiallarini Springer nashriyotining Scopus bazasida indekslanuvchi “Lecture Notes in Networks and Systems” turkumida chop etish rejalashtirilgan.

Olimlar, doktorantlar, yosh tadqiqotchilar va soha mutaxassislari ishtirok etishga taklif etiladi.

Batafsil ma’lumot: https://tcce2026.uz/