Erasmus+ mobility almashinuv dasturi asosida universitet ilmiy xodimlari uchun uchun grant dasturini e’lon qiladi
Islandiya Qishloq xo‘jaligi universiteti universiteti 2026-yil 02-12-may kunlari Erasmus+ K171 mobility almashinuv dasturi asosida Samarqand davlat universiteti administrative va akademik xodimlari uchun grant stajirovkalarini amalga oshirish uchun tanlov e’lon qiladi. Borish-kelish va yashash harajatlari grant mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
1. Samarqand davlat universiteti xodimi bo‘lishi.
2. Erasmus+ dasturida ishtirok etish uchun onlayn ariza.
3. Ingliz tilidagi CV. (namuna EVROPASS )
4. SamDU tomonidan tavsiyanoma.
5. Nomzod, SamDU va qabul qiluvchi universitet tomonidan imzolangan 3 tomonlama kelishuv shartnomasi
6. Ilovada talab etilgan tomonlar o‘rtasida amalga oshirish mumkin bo‘lgan loyiha.(namuna ilova etiladi)
Ariza topshirish muddati: 2026-yil 30-martga qadar.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qiling: irossu1420@gmail.com

