Italiyaning Tushiya universiteti (Università degli Studi della Tuscia, Viterbo shahri) Erasmus+ KA171 mobility almashinuv dasturi (loyiha № 2024-1-IT02-KA171-HED-000230673) asosida Samarqand davlat universiteti xodimlari uchun 7 kunlik grant stajirovkalarini amalga oshirish uchun tanlov e’lon qiladi. Jami 3 ta o‘rin ajratilgan, stajirovkalar 2027-yil 31-iyulgacha amalga oshirilishi lozim. Grant mablag‘lari hisobidan har bir ishtirokchiga kuniga 190 yevro miqdorida individual yordam va 1188 yevro miqdorida yo‘l xarajatlari granti to‘lanadi.

Shu doirada 2026-yil 8–12-iyun kunlari Viterbo shahridagi universitet bosh kampusida (Via Santa Maria in Gradi 4, rektorat binosi) Xalqaro xodimlar haftaligi (International Staff Week) o‘tkaziladi. Haftalik faqat malaka oshirish (training) maqsadida tashkil etiladi, uning davomida dars mashg‘ulotlari olib borilmaydi. Ishtirok haqi har bir ishtirokchi uchun 120 yevro (kofe-breyk, tushlik, rasmiy kechki ziyofat va ekskursiyalar xarajatlarini qoplaydi).

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

1. Samarqand davlat universiteti xodimi bo‘lishi.

2. Xorijiy pasport nusxasi va elektron pochta manzili (taklifnoma tayyorlash uchun).

3. SamDU tomonidan tavsiyanoma (nomination letter).

4. Kredit shakli (Credit Form).

5. Nomzod, SamDU va qabul qiluvchi universitet tomonidan imzolangan 3 tomonlama malaka oshirish kelishuvi (Staff Training Agreement).

6. Grant shartnomasi (Grant Agreement).

7. Italiya soliq kodini olish uchun ariza shakli (Italian Tax Code Application Form) – grant to‘lovi uchun majburiy; soliq kodi mavjud bo‘lsa, uning nusxasi.

8. Staff Week ro‘yxatidan o‘tish uchun Google shaklini to‘ldirish va unga yuqoridagi hujjatlarni yuklash.

Ariza topshirish muddati: 2026-yil 30-aprelgacha.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qiling: irossu1420@gmail.com