O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Samarqand davlat universiteti boshlang’ich tashkiloti Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda «Yoshlarga oid davlat siyosati targ’iboti haftaligi»ni tashkil etdi.

  Ilk targ’ibot uchrashuvi SamDU Xalqaro talim dasturlari fakultetida bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda talabalarga yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risidagi qonun, oliy talimdagi islohotlar, xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar, yoshlar ittifoqi faoliyati, yoshlar ishlari agentligi, yoshlar parlamenti, yoshlar kelajagimiz jamg’armasi haqida ma’lumotlar berildi.