2019-yilning 7-mart kuni Samarqand davlat universitetida 8-Mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan tantanali ayyom tadbiri o’tkazildi.

Qutlug' va muborak ayyom munosabati bilan dorulfunun xotin-qizlari, talaba-yoshlarni universitet rektori, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Rustam Xalmuradov, universitet xotin-qizlar boshlang’ich tashkiloti raisi Sharofat To’xliyeva, professor-o’qituvchilar, talabalar bayram bilan muborakbod etishdi..

Ayyom munosabati bilan universitet ma’muriyati tomonidan faoliyat ko’rsatayotgan barcha xotin-qizlar, ishchi–xizmatchilar, professor-o’qituvchilarga bayramona dasturxon tashkil etildi.

Shuningdek, 8-Mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun universitet birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan 105 nafar professor-o’qituvchi va xodimlar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Bayram davrasida dorulfunun musiqa yo’nalishi talabalari ijrosida ayolni, go’zallik va latofatni tarannum etuvchi kuy va qo’shiqlar yangradi. Ayyom dilllarga bir olam zavqu shavq bag'ishladi.

Ayyomingiz muborak bo’lsin, aziz xamyurtlar!

Samarqand davlat universiteti matbuot xizmati.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi