Beshta muhim tashabbus shartlari – amalda

Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Samarqand Davlat universiteti tomonidan ham mazkur yo‘nalishda muayyan ishlar amalga oshirilib, viloyatimiz tumanlari, mahalla va umumta’lim maktablarida turli tadbirlar o‘tkazilayotir.
Shunday tadbirlardan biri Qo‘shrabot tumanida bo‘lib o‘tdi. Samarqand Davlat universiteti huzurida tashkil etilgan “Ilhom” talabalar teatr studiyasi a’zolari Qo‘shrabot tumanida bo‘lib, tuman markaziga tutash hududda joylashgan mahallalar aholisi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qo‘shrabot tuman kengashi faollari uchun yozuvchi Alp Jamolning “Mehribonlar” p’esasi asosida sahnalashtirilgan spektaklni namoyish qilib berdi.
Spektakl namoyishida Qo‘shrabot tumanidagi “Pichat”, “Mustaqillik” hamda “Qo‘ralas” mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 200dan ziyod fuqarolar va yoshlar qatnashdi.
Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri – farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan mazkur spektakl barchaga birdek manzur bo‘ldi.




