Amaliy matematika va informatika fakultetida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida O’tkir Hoshimov hayoti va ijodiga bag’ishlab “Men sevgan adib” deb nomlangan davra suhbati o’tkazildi.

  Ma’ruzalarda adibning hayoti va ijodi, uning zamonaviy o`zbek adabiyotiga qo`shgan hissasi, asarlarining mazmun-mohiyati, shakl-shamoyili, estetik va tarbiyaviy ahamiyati xususida so‘z bordi.

  Tadbir so’ngida talabalar tomonidan fakultet kutubxonasi uchun adib asarlari jamlangan kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.