“Tokio-2020” Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi Parvina Samandarova: “Universitetimizda muhit yaxshi. Bu hali boshlanishi, bu yerdan juda ko‘p sportchi - chempionlar chiqadi”
Universitetimiz tarixida birinchi marta Samarqand davlat universiteti kuni o‘tkazilmoqda. Men bugungi kungacha Jahon kubogi, Osiyo va Okeaniya, Gran-pri musobaqalarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdim. “Tokio-2020” Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi bo‘ldim. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoni bilan taqdirlandim. O‘ylaymanki, bu Universitet kuniga, Mustaqilligimizning 30 yilligiga munosib bayram sovg‘asi bo‘ldi. Universitetimizda muhit yaxshi. Bu boshlanishi, hali ko‘p sportchi chempionlar chiqadi. Universitet kuni barchaga muborak bo‘lsin. Men Samarqand davlat universiteti talabasi ekanligimdan faxrlanaman.
Parvina Samandarova,
Samarqand davlat universiteti talabasi,
“Tokio-2020” Paralimpiya o‘yinlari
kumush medali sohibi

