SamDU Iqtisodiyot va biznes fakultetida “Yangi avlod” kadrlari loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

  Tadbirda O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi yoshlar bo’limi boshlig’i Farid Hasanov, xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Baxtiyor Xo’jayorov, iqtisodiyot va biznes fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.Taniyev, O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” a’zolari, partiya faollari, deputatlar, professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

  Tadbirda so’zga chiqqanlar mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayoniga yoshlarni keng jalb etish, yurtimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan partiyaning uzviy xamkorligini yo’lga qo’yish, O’zLiDeP viloyat, tuman va shahar Kengashlari Ijroiya apparatlariga siyosiy jihatdan yetuk, partiyaviy ishlarni tashkil etish masalalarida yetarli bilim va malakaga ega bo’lgan kadrlarni ishga qabul qilish uchun tanlash, ularni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasiga tavsiya etish, yoshlarni siyosiy tadbirlar va saylovoldi jarayonlariga keng jalb etish borasida partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo’mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirishdi

SamDU yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda matbuot xizmati