SamDUda Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan fotosuratlar ko’rgazmasi ochildi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-fevraldagi 133-F sonli farmoyishi asosida 29-30-aprel kunlari Samarqand shahrida “Islom Karimov o’qishlari: Islom Karimov – davlat mustaqilligining asoschisi” mavzuidagi respublika ilmiy anjumani bo’lib o’tmoqda. Tadbirda ishtirok etish uchun bugun Samarqandga O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi va respublika xayriya jamoat fondi mas’ul xodimlari, vazirlik va idoralar, nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillari tashrif buyurdi.
Samarqand davlat universitetida Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan fotosuratlar ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda.
Ilmiy anjuman doirasidagi tadbirlar bugun ham davom etmoqda.