Samarqand davlat universitetining yaqin hamkori taniqli jurnalist Matnazar Elmurodov “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi g‘olibi bo‘ldi
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida "Eng ulug‘, eng aziz" an’anaviy ko‘rik tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
G‘oliblar safida Samarqand davlat universitetining targ‘ibotchisi, hammaslagi, hamkori, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh muharriri Matnazar Elmurodov web-saytlar yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Samarqand davlat universitetining professor-o‘qituvchilari, talabalari nomidan Matnazar Elmurodovni yuksak e’tirof bilan mubarokbod etamiz.

Samarqand davlat universiteti jamoasi.

