Ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (kunduzgi) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha imtihonlar ikki bosqichda olib borilmoqda.
   Birinchi bosqichda abituriyentlarning chizmachilik bo’yicha, ya’ni turli xil geometrik shakllarni chizish malakasi sinovdan o’tkazilayotgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda ular turli xil rang tasvir manzaralarini chizish qobiliyatlarini namoyon etmoqda. Imtihon uchun abituriyentlarga jami 3 soat vaqt ajratilgan.

  Imtihonga xolis kuzatuvchilar sifatida Ichki ishlar organlari xodimlari, Viloyat Yoshlar ishlari agentligi, viloyat “Nuroniy” jamg’armasi xodimlari kabi jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

   -Hozirda nevaram ijodiy imtihon topshirmoqda. Imtihon ochiq, shaffof bo‘lib o‘tmoqda,- deydi abituriyentning bobosi Sherali Abdurahmonov. -Men nevaramni imtihon.edu.uz sayti orqali jonli kuzatib turibman. Undan ko’nglim mamnun. Jonli translatsiyani tashkil etganlarga rahmat aytsak, arziydi.

Zaynura Hasanova, abituriyent

   -Imtihonlar ko’rib turganimdek, boshqa oliy ta’lim muassa vakillari tomonidan olinmoqda va baholanmoqda. Unda Samarqand davlat universiteti professor-o'qituvchilari umuman aralashmayapti. Imtihonda shaffoflikni ta’minlash uchun imtihon.edu.uz sayti orqali jonli translasiya qilinmoqda. Baholash ikki bosqichda bo’lib, jami 126 ball qilib belgilangan. O'ylaymanki men eng yuqori natijani qo’lga kiritaman.

  -Imtihonga men Nuroniylar jamg’armasi Samarqand shahar vakili sifatida ishtirok etyapman,- deydi No'mon Mahmudov. – Imtihonda abituriyentlar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Shaffoflikni ta’minlash maqsadida ovozli kameralardan foydalanishmoqda. Bu sharoitni yaratib berilganligi uchun rahbariyatdan mamnunmiz.

Behruz SHAMSIDDINOV,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar