Samarqand davlat universiteti: iste’dodli yoshlar mamlakat umidi, millat tayanchi...

Samarqand davlat universiteti Inkubatsiya markazining rezidenti, raqamli texnologiyalar fakultetining 2-kurs talabasi Mahbuba Salimova www.100ideas.uz Respublika loyihasida sport va turizm yo‘nalishi bo‘yicha M-menu start-Up ishlanmasi bilan final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Loyihaning maqsadi restoran va kafelar uchun noan’anaviy onlayn menyu yaratishdan iborat. M-menu asosan sayyohlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, loyiha hozircha Respublikamizda mavjud emas.
Tanlovga Samarqand viloyati hududi bo‘yicha jami 673 loyiha yuborilgan bo‘lib, ulardan eng yaxshi 100 loyiha ajratib olindi.
Mahbuba Salimova shuningdek, Samarqand viloyatidagi barcha OTMlar talaba qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan "Coder girls" yakka tartibdagi dasturlash musobaqasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Samarqand davlat universiteti nafaqat mintaqada balki Markaziy Osiyoda, butun dunyoda o‘z nufuziga, salohiyatiga ega bo‘lgan dargoh. Men SamDU talabasi ekanligimdan faxrlanaman. Bu kamtarona yutug‘imni O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlayman. Bu hali boshlanishi, universitetimiz talabalari bundanda katta yutuqlarni qo‘lga kiritadi,- deydi Mahbuba Salimova. -Start-up loyihalarni yaratishni davom ettiraman. Bu borada ulkan yutuqlarga erishishimga ishonaman.
Behruz SHAMSIDDINOV,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.

