Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar sport faoliyat turlari kunduzgi ta’lim yo‘nalishida ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tdi.

  Imtihonning birinchi bosqichida abiturient qizlar 400 metrga yugurish bo‘yicha jismoniy tayyorgarligini namoyish etdi.

  Ikkinchi bosqichda abiturientlar joyda uzoqlikka sakrash mashqini bajarishdi.

  Ijodiy imtihonning shaffofligini ta’minlash uchun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport instituti katta o‘qituvchisi Habibullo Bahriddinov, Rashid Burnashov hamda Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi Zokir Sherovlar taklif etilgan.

  -Bugungi ijodiy imtihondagi abiturientlarning deyarli barchasi sport formasida, kayfiyatlari a’lo darajada, -deydi komissiya raisi Habibullo Bahriddinov. - Imtihonlar shaffofligini ta’minlash uchun jamoatchilik vakillari nazorat olib borishmoqda. Abiturientlarning imtihon baholarini shu paytning o‘zida e’lon qilayabmiz.

   -Imtihon jarayonlaridan juda xursandman, imtihon boshlanmasdan oldin menda hayajon kuchli edi,- deydi abiturient Kumushbibi Orolova. -Hozircha ijodiy imtihon natijalaridan mamnunman, oldimizda test jarayonlari turibdi. Bir qadam qoldi, men yaqinda Samarqand davlat universitet talabasi bo‘lishimga ishonaman.

Behruz SHAMSIDDINOV,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar