Ilm va ijod – ikki qanot

Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti doktoranti Sitorabonu Shomurodova. “XX asr o‘zbek adabiyotida devon tuzish an’anasi: mavzu, tarkib, vazn va badiiy san’atlar” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda. Ilmiy rahbari “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”, “El-yurt hurmati" ordeni sohibi, professor Muslihiddin Muhiddinov.
Dessertatsiya ishi zamonaviy o‘zbek adabiyotida devonchilik an’analarini o‘rganishga asoslangan. Devonchilik an’anasi mumtoz adabiyotning eng muhim aspektlaridan biri hisoblanadi va bu an’ana XX asr shoirlari tomonidan davom ettirilib kelayotgani ham quvonarli holdir. XX asrda bir qator shoirlar devon tuzishgan. Bularning ichida har tomonlama mukammal devon tuzish, bu an’anani qayta jonlantirish O‘zbeksiton xalq shoiri Erkin Vohidovga nasib etgan. Erkin Vohidovning “Yoshlik devoni”dan keyin zamonaviy o‘zbek devonchiligida yangi davr boshlangan.
lmiy-tadqiqot ishida zamonaviy o‘zbek adabiyotida devon tuzish an’analarining o‘ziga xos xususiyatlari, tamoyillari haqida so‘z boradi.
Sitorabonu Shomurodovaning bir qator maqolalari Scopus hamda Web of Science bazalarida indekslanadigan jurnallarda chop etilgan. Bundan tashqari tadqiqotchining “Literary and ideological aspects of Erkin Vohidov’s devons”, deb nomlangan monografiyasi ingliz tilida Germaniyaning Lambert nashriyotida chop etilgan.
Sitorabonu Shomurodova 2018-yilda “Yosh kitobxon” tanlovida viloyat bosqichida 3-o‘rinni egallagan. 2020-yilda “New science” xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan Rossiyada ta’sis etilgan “Yil professionali-2020” ilmiy maqolalar ko‘rik tanlovida 1-o‘rinni olgan. O‘ndan ortiq maqolalari xalqaro jurnallarda va OAK tomonidan e’tirof etilgan milliy jurnallarimizda ham chop etilgan. Turli xalqaro va respublika konferensiyalarida tezislari bilan ishtirok etgan.
Sitorabonu “Zomin-2021” Respublika yosh ijodkorlari anjumanida nazm yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining va boshqa shoirlarning she’rlarini targ‘ib qilib bormoqda. Shoiraning she’rlari “Yalpizlarga oshiq qiz” nomi bilan 2008-yilda kitob holatida chop etilgan.



Behruz ShAMSIDDINOV,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar

