Shohsupada turgan O‘zbekistonim!

Qo‘chqor NORQOBIL
BAHODIR
Jahon jilovini kaftida tutgan,
Temurni ham dunyo bahodir derdi...
O‘zi yerda. Qo‘li yulduzga yetgan
Baland bobolaring zehni zo‘r erdi...
Sen g‘olib! Ring uzra dunyoning ko‘zi,
Onang oq sutidek ko‘z yoshing halol!
Zarbingdan bir qalqib qo‘ydi Yer yuzi,
Boshing toshdan bo‘lsin, Bahodir Jalol!
Uka, to‘ylaringda tik turay - nasib...
Xizmatingda bo‘lsin mening qirq jonim!
Kel endi, qutlayin bag‘rimga bosib,
Shohsupada turgan O‘zbekistonim!

