Samarqand Davlat universitetining faollar zalida O’zbekiston Qahramoni, “Nuroniy” jamg’armasi Samarqand viloyati bo’limi raisi Hasan Normurodov filologiya fakulteti talabalari uchun mahorat darsi o’tkazdi.

  Samarqand Davlat universiteti buyuk fan darg’alariga, nomdor akademik va professorlar, iste’dodli olimlarga, taniqli yozuvchi va shoirlarga beshik bo’lgan muborak dargohdir, - deya, mamnuniyat bilan ta’kidladi Hasan Norbekovich o’z nutqida. –O’zim 1962 yili o’zbek filologiyasi fakultetiga o’qishga kirib, uni muvaffaqiyatli bitirganman. Bundan hozirgacha faxrlanaman va Siz aziz yoshlarimizni talabalik baxti bilan qutlayman. Hayotda nimaga erishgan bo’lsam shu qutlug’ Dorulfununda olgan bilimim, hayotiy tajribalarim sharofatidan deb bilaman...

  “O’zbekiston qaxramoni” mahorat darsidan so’ng so’z olgan professor –o’qituvchilar, talaba-yoshlar Prezidentimiz Farmoni bilan berilgan yuksak unvon bilan u kishini tabriklab, mustahkam salomatlik, faoliyatiga azmu shijoat tilashdi.

  Davra suhbatida fakultet talabalari Hasan Normurodovga gullar sovg’a qilishib, esdalik uchun su’ratga tushishdi.

SamDU matbuot xizmati.