Oliy ta’limda mustahkam hamkorlik

O’zbekiston va Xitoyning barcha sohalardagi o’zaro hamkorlik munosabatlari tobora mustahkamlanmoqda. Samarqand Davlat universitetiga tashrif buyurgan Xitoyning Shansi provinsiyasi meri o’rinbosari Xe Rong xonim va Shimoliy-G’arbiy universiteti rektori Guo Lixong hamda hamrohlari bu haqda mamnuniyat bilan to’xtalishdi.
Samarqand Davlat universiteti va Shimoliy-G’arbiy universiteti rektorlari - Rustam Ibragimovich Xalmuradov, Guo Lixong ta’lim samaradorligini yanada oshirish o’zaro hamkorlik rishtalarini mustahkamlash xususidagi bitimni imzolashdi.
Har ikkala taraf mutasaddilari bir-birlariga esdalik sovg’alari topshirishdi.
SamDU Matbuot xizmati