GENERAL-POLKOVNIK BILAN UChRASHUV

Samarqandagi “Yoshlar markazi”da O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, general-polkovnik Z.Almatovning SamDU professor-o’qituvchilari va talabalari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvni olib borgan SamDU rektori, professor R.Xalmuradov shu kabi uchrashuvlar va jonli muloqotlarning talaba-yoshlar ma’naviy-ahloqiy tarbiyasida muhim ahamiyatga egaligini ta’kidlab, so’zni O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirining maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatovga berdi.
Zokirjon Almatov mustaqillikning qo’lga kiritilishi, o’sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy voqyealar haqida to’xtalib, talaba-yoshlarga vatanparvarlik, vatan taraqqiyoti uchun dahldorlik tuyg’usi bilan yashash har bir fuqaroning burchi ekanligini ta’kidladi. Z.Almatov talabalarning savollariga javob berar ekan, o’zining xizmat faoliyati, mustaqillikning dastlabki yillarida ichki ishlar tizimida yuzaga kelgan muammolar, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan terrorizm va diniy esktremizmning oldini olish maqsadida qo’shni respublikalar bilan hamkorlik aloqalari to’g’risida batafsil ma’lumot berdi.
Tadbirda Samarqand viloyat IIB bilan hamkorlik qilib kelayotgan SamDUning professor-o’qituvchilari boshqarmaning tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg’alari hamda ijtimoiy faol talabalar universitet rektorining faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.
O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq artisti Yodgor Sa’diyevning yoshlar ma’naviyatining qadri, mustaqillikni, yurt tinchligini asrash, barchaning burchi ekanligi to’g’risidagi fikrlari, ijro etgan qo’shiqlari tadbirga o’zgacha ruh bag’ishladi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi