SamDU ma’muriyati magistraturada ta’lim olayotgan yigit-qizlar bilan yuzma - yuz muloqot o’tkazar ekan, tizimning puxta va pishiq, mukammal, bugunga mos modelini yaratmasdan asl maqsadga erishib bo’lmasligini alohida ta’kidlab o’tishdi.

  - Magistratura - bu sirtqi ta’lim emas, - deya ta’kiladi, SamDU rektori, professor Rustam Xalmuradov yoshlarga qarata. - Ta’limning hal qiluvchi bosqichi bo’lgan bu jarayonning o’rni va roli beqiyosdir. Intizom, davomat, o’qish, izlanish qatiy talabimiz! Bizga son emas, sifat muhim. Ta’limga, o’qishga yuzaki qaragan talabaga eshiklarimiz ochiq! O’rnini bo’shatib qo’yishi mumkin.

  Ijtimoiy-iqtisodiy tizimdagi yuqori malakali mutaxassislarga bo’lgan hozirgi talabni tegishlicha ta’lim olgan magistrlar qoniqtira oladi. Ayni paytda Samarqand Davlat Universitetida 522 ta magistr 47 mutaxassislik buyicha ta’lim olmoqda. Bu yil 297 nafar yigit - qiz birinchi bosqichga tanlab olindi. Magistrant albatta xorijiy tilni bilmog’i lozim. U tegishli sertifikatga ega bo’lgach, oliy ta’limda emin - erkin dars beraolmog’i kerak.

  Uchrashuvda so’z olgan SamDU prorektorlari Ahmadjon Soleyev, Hakim Xushvaqtov bu boradagi asosiy vazifalarga to’xtalishib, magistratura tizimida ta’lim olayotgan yoshlar oldidagi eng muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratishdi.

SamDU matbuot xizmati