Germaniya va Latviya universitetlari bilan hamkorlikda ochiq muloqot o'tkazildi

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi, Germaniyaning Gottingen Georg-August Universiteti va Latviya Fan va Texnologiya Universiteti bilan hamkorlikda Zoom dasturi orqali yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.
Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi vazirlik va diplomatik vakolatxonalarining vakillari qatnashdi.
Samarqand shahridagi yoshlar markazi binosidan turib bir guruh samarqandlik yoshlar, jumladan Samarqand davlat universiteti talabalari ham ishtirok etdi.
Ishtirokchilar Yevropa taʼlim tizimi, diplom nostrifikatsiyasi, migratsiya, viza va konsullik departamenti masalalari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Otabek Sagdullayev - Samarqand davlat universiteti talabasi