O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti hamda Markaziy harbiy okrug 13060-harbiy qismi bilan hamkorlikda Samarqand viloyati Jomboy tumani 7 - son umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi asosida qo‘shma davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur davra suhbatida o‘quvchi yoshlar respublikada amalga oshirilayotgan yoshlarga oid islohotlar haqida bir qancha ma’lumotlar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.