Magistrlik kimlarga nasib etadi?

Samarqand davlat universitetining magistratura bosqichi uchun kirish imtihonlari davom etmoqda.
Bugun ham abituriyentlar biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha), kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha), iqtisodiy nazariya, raqamli iqtisodiyot, inson resurslarini boshqarish, badiiy tarjima (ingliz tili) kabi mutaxassisliklar uchun imtihon topshirdi.
Imtihonlar karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda tashkil etilgan.
Imtihonlarni ochiq, shaffof holda o‘tkazish maqsadida imtihon.edu.uz sayti orqali jonli efirda kuzatib borish sharoiti yaratilgan.
Ma’lumot uchun, imtihonlar 20 avgust kuniga qadar (shu kuni ham) davom etadi.




Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati
Shavkat Akramov olgan suratlar

