Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan, xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va maʼnaviyatini yuksaltirish, taʼlim-tarbiya, ilm-fan sohalarini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va ijtimoiy-maʼnaviy barqarorligini taʼminlashga qoʼshgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi koʼp yillik samarali ishtiroki uchun Samarqand davlat universitetining mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi professori Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan yoshlar murabbiyi Muhiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.