Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Taniqli mexanik olim,
Samarqand davlat universiteti professori
V. L. Popovga!
Hurmatli Valentin Leonidovich!
Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad, mas’uliyatli va sharafli ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman.
Siz kontakt mexanikasi, tribologiya va mexanik tizimlar dinamikasi sohalari bo‘yicha dunyoning yetakchi olimlaridan birisiz. Sizning ushbu sohaga bag‘ishlangan fundamental ilmiy ishlaringiz butun dunyo olimlari tomonidan keng qo‘llanilmoqda.
«Kontakt mexanikasi va ishqalanish: fizik tamoyillar va amaliy qo‘llanmalar» nomli darsligingiz ko‘plab tillarga tarjima qilingan va sohadagi eng nufuzli nashrlardan biri hisoblanadi.
Sizning rahbarligingizda Samarqand davlat universitetida nemis, yapon, xitoy va o‘zbek olimlarini birlashtirgan tribologiya ilmiy maktabi shakllanmoqda. Sizning tashabbusingiz bilan SamDUda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Xitoyning Chanchun texnologiya universiteti bilan hamkorlikda Tribologiya, nanotexnologiyalar va optik texnologiyalar laboratoriyasi tashkil etildi. Germaniya Akademik almashinuv xizmati (DAAD) tomonidan moliyalashtiriladigan muhandislik fizikasi ta’lim yo‘nalishida magistratura dasturi faoliyat yo‘lga qo‘yildi.
Qadrli Valentin Leonidovich!
Siz xalqaro tajribaga ega yirik olimsiz. Barcha imkoniyatlaringizni, mahorat va ko‘nikmalaringizni jonajon Samarqand davlat universitetining rivoji va taraqqiyotiga sarflashingizga, shogirdlar tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borishingizga ishonaman.
Alloh umringizga, rizqingizga, ilmingizga baraka bersin. Hamisha Allohning panohida bo‘ling...
Rustam XOLMURODOV,
Samarqand davlat universiteti rektori,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,
Oliy Majlis Senati a’zosi.

