2020 yil 16-17 oktyabr kunlari Samarqand davlat universitetida II-xalqaro ilmiy anjuman o’tkazildi.

Anjumanni 16 oktyabr - Xalqaro oziq-ovqat havfsizligi kunida o’tkazilishi ham bejizga emas.

Konferensiya ishida Xitoy, Rossiya, AQSh, Italiya, Bolgariya, Qozog’iston, Qirg’iziston kabi xorijiy davlatlardan 50 dan ortiq soha mutaxassislari ishtirok etishmoqda. Jumladan, YuNESKO qoshidagi GRÓ-Land Restoration Programme, Islandiya ma’sul xodimi Berglind Orradottir, Nevada universiteti (Reno) professori, Brad Schultz (AQSh), Oxayo universiteti professori, Rattan Lal (AQSh), Tottori universiteti, Prof. Norikazu (Yaponiya), IKARDA tashkiloti mas’ul xodimi Stefanie Christmann (Morokko), Grayfsvald universiteti professori Jens Wunderlich, Yuta davlat universiteti professori Duglas Ramsey (AQSh), FAO ning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sh.Umarov, Xitoy Fanlar Akademiyasi Atrof-muhit va Tabiiy resurslar instituti professori Xi Mingju Xitoy, AQShning “Vet Vittles” kompaniyasi raxbari professor A.G. Gurman (AQSh), Rossiya FA I.P. Pavlov nomidagi fiziologiya instituti professori L.B.Gromova, “BCT Cluster” rahbari professor, M.A.Raxmatov va boshqalar ishtirok etishdi.

Shuningdek, respublikamizning 30 dan ortiq sohaga oid tashkilotlaridan 300 ga yaqin mutaxassis va olimlar o’zlarining oziq-ovqat sohasidagi bugunning dolzarb masalalariga qaratilgan ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Konferensiya faoliyati davomida, COVID-19 pandemiyasi bilan bog’liq ushbu sharoitlarda aholi iste’moli uchun asosiy turdagi qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish hamda yetkazish masalasi milliy va xalqaro me’yorlari, ovqatlanish va ovqat hazm qilishning dolzarb muammolari, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, qayta ishlash va ozuqalarni biologik qiymatini saqlash masalalari, ekologiya va oziq-ovqat xavfsizligi, salomatlik strategiyasi, ilmiy asoslangan ovqatlanish madaniyatini targ’ib qilish kabi bugungi kunning muhim masalalari muhokama qilindi.

Konferensiyada oziq-ovqat xavfsizligi sohasida mavjud muammolar yechimi bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, tegishli sohalar va hukumatga taqdim etildi.