Tabrik!

2020 yilning 7-11 oktabr kunlari sportning yengil atletika turi bo’yich tashkil etilgan O’zbekiston kubogi musobaqasida Jismoniy madaniyat fakultetining talabalari ham munosib ishtirok etib, sovrunli o’rinlarni qo’lga kiritdi.
800 metr masofaga yugurish bahslarida Yuldashyeva Iroda 1-o’rinni, 400 metr masofaga yugurish bahslarida Baxtiyorov Sardor 2-o’rinni egallagan bo’lsa, uzunlikka sakrash bahslarida Xudayarova Roksana 3-o'rinlarni qo’lga kiritdi.
Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi sovrindor talabalarni faxrli o’rinlarni egallaganliklari bilan qutlaydi, kelgusida ularga sportda yanada ulkan zafarlar tilab qoladi.

