2020 yil 16-31 oktyabr kunlari Samarqand davlat universitetida “Understanding Machine Learning and Deep Learning Algorithms / Mashinali o’qitish va teran o’qitish algoritmlarini tushunish” mavzudagi vebinar (onlayn kurs) bo’lib o’tdi.
Vebinar ma’ruzachisi Kalkutta universiteti (University of Calcutta, India) professori Amlan Chakrabarti tanlangan mavzuga oid zamonaviy bilimlarni vebinar ishtirkochilariga ulashdi.

Kalkutta universiteti A.K.Choudhury Axborot texnologiyalari fakulteti direktori Amlan Chakrabarti 300 dan ortiq ilmiy maqolalar sohibi va o’z sohasining yetuk mutaxassisidir. Ushbu vebinar doirasida Samarqand davlat universitetidan ishtirok elganlar axborot texnologiyalarining bu muhim yo’nalishi bo’yicha yangi bilimlarga ega bo’lishdi va professor Amlan Chakrabartiga ushbu mavzu bo’yicha qiziqarli taqdimot materiallari uchun o’qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar bilan ishlashga vaqt ajratgani uchun o’z minnatdorchiligini bildirdilar.

Ushbu qiziqarli vebinarda ishtirok etish uchun Samarqand davlat universiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti xodim va talabalari va Respublikamizning 15 dan ortiq oliy ta’lim dargohlari a’zolari ro’yxatdan o’tishdi va faol qatnashdilar.
Vebinar Zoom video aloqalar platformasida onlayn rejimda olib borilmoqda. Vebinar materiallarini va unga oid boshqa ma’lumotlarni @samdu_webinar telegram kanaldan olishingiz mumkin. Savol va takliflarni samduwebinar01@gmail.com elektron pochta manziliga yoki @samdu_webinar_chat telegram guruhiga yo’llashingiz mumkin. Barcha qizziquvchilarni bu kabi vebinarlarga taklif qilamiz.
Veb-seminar tashkilotchilari - SamDU Raqamli texnologiyalar fakulteti dekani A.I.Babayarov, ushbu fakultet xodimi, tayanch doktoranti Ilyos Rabbimovlardan bunday veb-seminarlarni davom ettirishini kutib qolamiz.
Keyingi seminar shu yilning 10-20 noyabr kunlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.