Bugungi kunda zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuksak malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infrotuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” ishlab chiqilib tasdiqlandi. Konsepsiyada ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarning ilmiy g‘oyalarini rag‘batlantirish, ularning xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan aloqalarini kengaytirish qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu sohada Samarqand davlat universitetida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda.
2020 yil 19 noyabr kuni Samarqand davlat universiteti Geografiya va ekologiya fakulteti Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi bilan Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Ekologiya fakulteti o‘rtasida hamkorlikda a’loqalarini o‘rnatish bo‘yicha online muloqoti bo‘lib o‘tdi.


Hamkorlik bo‘yicha muloqotda Samarqand davlat universitetidan Halqaro aloqalar bo‘yicha prorektori M.G.Nasirov va Geografiya va ekologiya fakulteti dekani, Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Rossiya xalqlar do‘stligi universitetidan Ekologiya fakulteti xalqaro aloqalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.V.Popkova va Ekologiya fakulteti dekani, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda biologik xilma-xillikni saqlash, o‘simliklar va hayovonot turlar soni qisqarishi muammosi, yirik hududiy sanoat majmualari joylashgan hududlar tabiatini muhofaza qilish, suv va tuproq resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish, sanoat ekologiyasi sohalarida hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga kelishildi. Bu sohada hamkorlikda magistrlar, aspirantlar va doktorantlar tayyorlash ishlarini yo‘lga qo‘yish ta’kidlandi. Shu bilan birgalikda o‘quv va uslubiy ishlarni olib borish bo‘yicha hamkorlikda darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash, talabalar, magistrlar amaliyotlarini hamkorlikda o‘tkazish ishlari rejalashtirildi.