Samarqand davlat universiteti Janubiy Koreyaning bir nechta yetakchi oliy ta’lim muassasa va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan.
Samarqand davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti tashkil etilgandan so’ng xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikda “Xalqaro ta’lim markazi” ochildi. Hozirda ushbu markazda ingliz, xitoy va koreys tillaridan soboq berish uchun xorijdan malakali mutaxassislar jalb etilgan. 2020 yil 25 noyabr sanasida Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi elchixonasi, “Koreya-Markaziy Osiyo do’stlik jamiyati” tashabbusi bilan Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetida “Koreya madaniyati markazi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Mazkur markazni ochilishdan asosiy maqsad ikka mamlakat xalqlari o’rtasida do’stona aloqalarni mustahkamlash, talabalarga koreys tilini o’rgatish hamda Koreya madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

Xalqaro aloqalar bo'limi