Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimiz tarixida ilk marotaba oʻtkazilgan «Oʻzbekiston Yoshlar forumi»da Samarqand davlat universitetining bir guruh faol talaba yoshlari ham ishtirok etdi.

  Jumladan, forumda bir qator yangi tashabbuslar ham ilgari surildi.

  2021 - yildan oliy o‘quv yurtlarida 200 nafar talaba uchun Prezident granti joriy etiladi. Bu grant mablag‘lari o‘qish davri oxirigacha - 4 yil davomida to‘lab beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yoshlar forumidagi chiqishi vaqtida ma’lum qildi.