Yangi O'zbekistonning yangi an'anasiga aylanib borayotgan Prezident Murojaatnomasi bugun Parlamentimiz bilan birgalikda butun xalqimizga ham murojaat sifatida yo'llandi desak adashmaymiz.

  Albatta, Murojaatnomada bugun dunyodagi ijtimoiy hayot haqida, pandemiya sharoitida xalqimizning sinovlardan birgalikda jipslashib harakat qilgani va umuman barcha soha xodimlarining mehnati alohida ta'kidlab o'tildi.

  Yangi 2021-yilning nomlanishi esa tom ma'noda biz yoshlarning ertangi kunga bo'lgan ishonchini, ularning iqtidor va iste'dodlarini ro’yobga chiqarishga bo'lgan motivlarini yanada oshirishga xizmat qildi.

  Biz yoshlar yurtimizning ertangi kuni - kelajagimiz. Ayni vaqtda, mustahkam ilm olib, izlanishda to'xtamay, izchil harakatlar bilan davom etishimiz zarur.

  Ta'lim tizimida bo'layotgan ijobiy o'zgarishlar bizning yangi Renessans ostonasida ekanligimizdan dalolat beradi. Ta'lim bizning kelajagimizdir. Ustozlarimizning ilmiy tajriba va tadqiqotlarini batafsil o'rgangan holda, biz ham ilm yo'liga qadam tashlar ekanmiz, bevosita yaratilayotgan yangi imkoniyatlar bizni quvontirishi tabiiydir.

  Barpo etilishi rejalashtirilayotgan yangi zamonaviy kutubxonalar va xalqaro ijod maktabidan iborat madaniyat majmualari ham buning yorqin isbotidir.

  Xulosa qilib aytishim mumkinki, Prezidentimiz biz kabi yoshlarning ham ilmli, ham jismonan sog'lom va zamon bilan hamnafas bo'lib ulg'ayishimiz uchun sharoitlar yaratishni eng muhim vazifa qilib belgiladilar. Bu esa yoshlarimizdan yanada ko'proq harakat va intilish talab qiladi. Bunday ma'suliyatni vijdonan ado etish bizning burchimizdir.

Otabek Sagdullayev - Samarqand davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi faoli