Tadbirni fakultet dekani Azamat Pardayev kirish so'z bilan ochib berdi. Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi professori Hotam Umurov shoira Zulfiyaning o'zbek adabiyotida tutgan o'rni, uning ijodi haqida batafsil ma'lumot berib o'tdi.
Shuningdek, A. S. Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazi a'zolari ham Zulfiya haqida ajoyib faktlarni keltirib o'tdi.
Filologiya fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, ijodiy ko'rgazmalar tomoshabinlarda yorqin taassurot qoldirdi.

© Abdulvahob Maxammatov — Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi