AQSh oliy ta'lim muassasalari tahsil olish uchun grant tanlovlari shartlari to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar bo‘yicha seminar

Samarqand davlat universitetiga 2021 yil 11 mart kuni AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ta'lim, madaniy ishlar bo‘yicha atteshesi Joana Kramb, AQSh Fulbrayt dasturi ilmiy tadqiqotchisi Freshta Kaderi, Fulbrayt Ingliz tili o‘qitish assistenti Ashley Leyn, Jamoat ishlari mutaxassisi Saida Musaxanova, AQSh ta'lim bo‘yicha mutaxassis Jamila Nasriddinova va ingliz tili dasturlari bo‘yicha koordinatori Umida Boltaevaladan iborat delegasiya tashrif buyurdi. Univeritet bakalavriat talabalari va imliy hamda ma'muriy xodimlar uchun Xalqaro ta'lim dasturlari fakultetida semernar tashkil etildi. Joanna Kramb va Freshta Kaderilar bakalvariat yo’nalishi talabalarga AQSh tomonidan taklif etiladigan grant dasturlari va undagi talablar, anketalarni to‘ldirishdagi xato va kamchiliklar haqadi batafsil ma'lumot berdi.
Ilmiy xodim va magistrant talabalar uchun alohida xonada Saida Musaxanova va Jamila Nasriddinovalar ishtirokchilarga tanlovga ishtirok etish, anketalar to‘ldirishdgi duch keladigan muammaolar va AQSh universitetlari o‘qish yoki stajirovka qilish uchun qo‘yiladigan talablar haqida ko‘rsatmalar berdi.
Seminardan so‘ngda grant tanlovlari haqidagi tarqatma materiallarni taqdim etish uchun kichik ko‘rgazma tashkil etildi va barcha ishtirokchilarga tanlovlar to‘g‘risidagi tarqatma materiallar berildi.