Yurtimizda shaxmat sporti ommalashmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommolashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2021 yil 14 yanvardagi PQ-4954-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand Davlat universiteti hamda Urgut tumani 1-sonli Bolalar va o’smirlar maktabi bilan hamkorlikda tumanda shaxmat sport turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Musobaqada tumandagi maktablar va tuman nuroniylar shaxmat jamoalari ishtirok etishdi. Aql charxi bahslarida faxrli o’rinlar uchun kurash qizg’in kechdi.
Musobaqa natijalariga ko’ra g’oliblar diplom va medallar hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.


