Rossiya Federatsiyasi Prezidentining “granti” sohibi professor - o'q'tivchi va talabalrga ma’ruza o’qidi

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining “granti” sohibi N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti hamda Rossiya Fanlar akademiyasi A.M. Proxorov nomidagi Umumiy fizika instituti professori Bunkin Nikolay Fedorovich Samarqand davlat universitetining fizika fakulteti Nazariy fizika va kvant elektronika kafedrasi professor-o’qituvchilari, fakultet doktorantlari, magistrantlari va talabalariga ma’ruza o’qidi.

Masofaviy ma’ruzani Nazariy fizika va kvant elektronika kafedrasi professori Sabirov Leonard Muxammedjanovich kirish so’zi bilan ochdi.
Professori Bunkin Nikolay Fedorovich “Tasodifiy kattaliklar va tasodifiy jarayonlar mavzusida ma’ruza o’qidi”.

Fizika fanining eng jadal rivojlanayotgan sohasiga bag’ishlangan ushbu ma’ruza yosh tadqiqotchilar va talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.

