“GENETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI” MAVZUSIDA VEBINAR TASHKIL ETILDI

2021 yilning 12 mart kuni SamDU Biologiya fakultetida onlayn tarzda Rossiyaning Moskva Davlat Universiteti “Genetika” kafedrasi dotsenti Soldatova Olga Pavlovna ishtirokida “Современные проблемы генетики” nomli ochiq vebinarda ma’ruzasi tashkil etildi.
Vebinarda Biologiya fakulteti professor-o’qituvchilari va bakalavriat, magistratuar yo’nalishlari talabalari ishtirok etdi. Mazkur vebinarda genetikaning zamonaviy tadqiqot metodlari, genetikaning hozirgi zamondagi o’rni, genetikaning rivojlanayotgan sohalari haqida savollarga javob berildi va fiklar almashiildi.



