Filologiya fakultetida o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi muallifi, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Sen bahorni sog'inmadingmi?” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi professorlari H.Umurov, A.Soliyev, Sh.Xasanov va O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Zuhrabegim ma'ruza qildi. Adibning singlisi Bibisora Oripova akasi bilan bog'liq xotiralari bilan o'rtoqlashdi. "Shalola" ijodiy to'garagi a'zolari tomonidan adib ijodidan namunalar o'qildi, "Jannatga yo'l" dramasidan parcha sahnalashtirildi.