2021- yil 3 aprel kuni Samarqand davlat universiteti, Rossiya Xalqlar do’stligi universiteti, V.I. Vernadskiy nomli Xalqaro Ekologik fond va Moskva davlat oblastnoy universiteti, Dubna Universiteti xamkorligida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida “Yashil universitetlar” mavzusida festival bo’lib o’tdi. Festivalda Samarqand davlat universiteti Ekologiya va atrof-muhit yo’nalishi “Yosh ekolog” guruhi dos. M. Jurayev rahbarligida Meliboyeva Nozalina, Umarov Mansur, Umarova Salomat, Rashidov Nurbek, Sattorov Dilniyoz va Raxmatullayeva Shirin kabi talabalar faol qatnashdilar.

  Festivalda Ekologik muhit holati, o’simlik va xayvonot olami bioxilma xilligini saqlash, yashil hududlarni tashkil etish, sohasida olib borilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.

  Festivalda Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida kelgusida qilinadigan ishlar belgilab olindi. 2022 yilda ham “Yashil universitet” lar festivalini o’tkazish rejasi tuzildi.