2021 yil 12 aprel kuni Lal Bahadur Shastri nomidagi Hindiston madaniy markazi xodimi, Dehli universiteti professori Nilema Astana xonim Samarqand davlat universitetida bo’lib, Pedagogika fakulteti talabalari, magistrlari va professor-o’qituvchilari bilan uchrashdi.

  Mehmonlar tomonidan Hindiston ta’lim tizimi, o’qitish uslublari haqida taqdimot namoyish etildi. Ma’ruzani uchrashuv qatnashchilari katta qiziqish bilan tingladi.

  Shundan so’ng Dehli universiteti va Samarqand davlat universiteti Pedagogika fakultetlari o’rtasida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish va rivojlantirish yuzasidan kelishib olindi.